Italiyada 36 yoshli bemorga bir vaqtning o'zida COVID-19, maymunchechak va OIV tashxisi qo'yilgan. Mutaxassislar buni tibbiyot tarixidagi birinchi holat deb hisoblashadi.
Shu sababli, infektsiyalarning bu kombinatsiyasi bemorning sog'lig'i uchun qanchalik xavfli ekanligi haqida hali ham ma'lumot yo'q.
Tibbiy ko‘riklar davomida unga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan. Ammo shu kunning ikkinchi yarmida bemorning chap qo‘lida toshma paydo bo‘lgan.
Ertasi kuni og'riqli pufakchalar deyarli butun tanani qopladi. Qo'shimcha tekshiruvlardan so'ng, u maymunchechak virusi va OIV bilan ham kasallanganligi aniqlandi.